29 okt 12:21
Yangiliklar
Tennis

Rojer Federer reytingdagi birinchi o'rin haqida gapirdi
SHveycariyalik tennischi Rojer Federer dunyo reytingida birinchi o'ringa chiqib olish imkoniyatlari haqida gapirib o'tdi.
"Birinchi raketka bo'lish uchun imkoniyatlar? Bu juda kichik. Bu narcha haqida o'ylayotganim yo'q. Ochkolarimiz orasidagi farq katta. Menga birinchi o'ringa chiqib olish uchun kech. Yozda etakchilik uchun kurashishim mumkin edi. Lekin, belimdagi jarohat bunga Monreal, Cincinnati va Nyu-Yorkdagi turnirlarda bor kuchim bilan o'ynash imkoniyatini bermadi.
SHuning uchun hozirgi maqsadim Bazeldagi finalni yutish, Yakuniy turnirda yaxshi ishtirok etishdir. Parijdagi ishtirokim borasidagi qarorni ertaga malum qilaman", - deydi Federer.
Havola :
Manba : GoTennis
Fikrlar