17 iyu 17:30
Yangiliklar
Tennis

Rojer Federer SHtutgartdagi musobaqa g'olibi bo'ldi
SHveycariyalik tennischi Rojer Federer SHtutgartdagi musobaqada bosh mukofot sohibiga aylandi.
Hal qiluvchi o'yinda u kanadalik Milosh Raonichga qarshi kortga chiqdi. 1 soat 18 daqiqa davom etgan o'yinda Federer raqibini 6:4, 7:6 hisoblarida mag'lubiyatga uchratdi.
Ushbu chempionlik Federerga 117 030 evro hamda 250 reyting ochkosini taqdim etdi. Ertaga elon qilinadigan reytingda Federer yana birinchi o'ringa chiqib oladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar