04 dek 16:27
Yangiliklar
Tennis
Rojer Federerdan qoyilmaqom ko'rsatkich
Mavsumni uchinchi o'rinda yakunlagan shveycariyalik tennischi Rojer Federer ketma-ket 1000 haftani kuchli yuzlikda o'tkazgan dastlabki tennischiga aylandi.
U ilk marotaba 1999 yilda jahonning eng kuchli 100 nafar tennischisi qatoriga kiritilgandi. 2001 yilning aprelidan buyon esa u TOP20 likni ham tark etmagan.
Bu borada ikkinchi va uchinchi ko'rsatkich ispaniyalik Felisiano Lopes (857 hafta) va Rafael Nadal (816 hafta)ga tegishli.
Havola :
Manba : GoTennis
Fikrlar