28 may 08:27
Yangiliklar
Tennis
“Rolan Garros”. Amaldagi chempion ilk davradayoq mag'lub bo'ldi, bunaqasi so'nggi bor 13 yil oldin kuzatilgandi
Franciya poytaxti Parij shahrida tennis bo'yicha “Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi “Rolan Garros” turnirining asosiy to'r bahslari davom etmoqda.
Xotin-qiz tennischilar musobaqasining ilk davrasidayoq kutilmagan natija kuzatildi. Turnirning amaldagi g'olibasi dunyoning beshinchi raketkasi Elena Ostapenko chempionlik himoyasining birinchi uchrashuvidayoq mag'lubiyatga uchradi.
Latviyalik tennischi dunyo reytingida 66-o'rinni egallab turgan ukrainalik Katerina Kozlovaga 5:7, 3:6 hisobida imkoniyatni boy berib, musobaqa bilan juda erta xayrlashdi.
Bu bilan 20 yoshli Ostapenko amaldagi chempion sifatida birinchi davrada mag'lubiyatga uchragan ikkinchi tennischiga aylandi. 2005 yili rossiyalik Anastasiya Miskina ham chempionlik himoyasining ilk bahsida yutqazib qo'ygandi.
Havola :
Fikrlar