11 iyu 08:20
Yangiliklar
Tennis

"Rolan Garros". Ayollar turnirida sensaciya - 20 yoshli qiz chempion bo'ldi!
Franciya poytaxti Parij shahrida o'tkazilayotgan tennis bo'yicha "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi "Rolan Garros" turnirining xotin-qiz tennischilar musobaqasida g'oliba aniqlandi.
Turnir kashfiyotiga aylangan Elena Ostapenko yakunda yilning to'rtta nufuzli turnirining birida chempionga aylandi. Latviyalik 20 yoshli bu tennischi hal qiluvchi final uchrashuvida ruminiyalik Simona Xalepni mag'lubiyatga uchratdi.
Bir daqiqasi kam 2 soat davom etgan bahsda dunyoning 47-raketkasi bo'lgan Elena WTA reytingida 4-pog'onadan joy olib turgan 25 yoshli Simonani 4:6, 6:4, 6:3 hisobida taslim etdi.
Havola :
Fikrlar