24 may 10:24
Yangiliklar
Tennis
![](/upload/storage/39217_220.jpg)
“Rolan Garros”. Bugun SHaripova Rodinaga qarshi kortga chiqadi
Mamlakatimizning birinchi raketkasi Sabina SHaripova Franciyada davom etayotgan “Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi “Rolan Garros” turnirining saralash bahslari ilk davrasida g'alaba qozongandi.
Hamyurtimiz germaniyalik Antoniya Lottnerga qarshi kortga chiqib, reytingda o'zidan yuqorida turgan raqibini 1 soatu 14 daqiqa davom etgan bahs yakunida 6:2, 6:4 hisobida mag'lub etgandi.
Bugun SHaripova nufuzli turnirning ikkinchi davra uchrashuvida Evgeniya Rodinaga qarshi kortga chiqadi. Rossiyalik tennischi dunyo reytingida 116, SHaripova esa 169-o'rinni egallab turibdi.
Malumot uchun, tennischilar shu kungacha ikki bor to'qnash kelishgan va har ikkala uchrashuvda ham Rodina g'alaba qozongan. SHaripova - Rodina bahsi Toshkent vaqti bilan soat 16:00da boshlanadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar