09 iyu 10:21
Yangiliklar
"Rolan Garros". Bugun yarim final o'yinlari o'tkaziladi
Bugun erkak tennischilar o'rtasidagi musobaqaning yakkalik bahslarida yarim final uchrashuvlari o'tkaziladi. Ushbu turnirdagi 10-sovrini uchun kurashayotgan Rafael Nadal bugun final chiptasi yo'lida kortga chiqadi.
Ispaniyalik tennischining raqibi avstriyalik Dominik Tim bo'ladi. Ikkinchi yarim final juftligida dunyoning birinchi raketkasi britaniyalik Endi Marrey shveycariyalik Sten Vavrika bilan hisob-kitob qiladi.
1/2 final juftliklari:
Endi Marrey (Buyuk Britaniya, 1) – Sten Vavrinka (SHveycariya, 3)
Rafael Nadal (Ispaniya, 4) – Dominik Tim (Avstriya, 6)
1/4 final natijalari:
Dominik Tim (Avstriya, 6) – Novak Jokovich (Serbiya, 2) – 7:6 (5), 6:3, 6:0
Pablo Karreno-Busta (Ispaniya, 20) – Rafael Nadal (Ispaniya, 4) – 2:6, 0:2 – Busta rad.
Sten Vavrinka (SHveycariya, 3) – Marin CHilich (Xorvatiya, 7) – 6:3, 6:3, 6:1
Endi Marrey (Buyuk Britaniya, 1) – Kei Nishikori (Yaponiya, 8) – 2:6, 6:1, 7:6 (0), 6:1
Fikrlar