31 may 11:01
Yangiliklar
Tennis

Rolan Garros. Dimitrov 259 daqiqalik uchrashuv o'tkazdi
Franciya poytaxti Parij shahrida tennis bo'yicha “Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi “Rolan Garros” turniri davom etyapti.
Dunyoning beshinchi raketkasi Grigor Dimitrov ikkinchi davra uchrashuvida amerikalik Jared Donaldsonga qarshi kortga chiqdi. Uchrashuv 4 soatu 19 daqiqa davom etdi va yakunda 6:7(2), 6:4, 4:6, 6:4, tay-brekda 10:8 hisobida bolgariyalik tennischi foydasiga hal bo'ldi.
Donaldson dunyo reytingida 57-o'rinni egallab turibdi. Grigor bahs davomida 17ta eys zarbani amalga oshira oldi. Endi Dimitrov uchinchi davra uchrashuvida ispaniyalik Fernando Verdaskoga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Fikrlar