29 may 10:22
Yangiliklar
Tennis

“Rolan Garros”. Dunyoning ikkinchi raketkasi g'alaba bilan boshladi
Franciya poytaxti Parij shahrida tennis bo'yicha “Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi “Rolan Garros” turnirining asosiy to'r bahslari davom etmoqda.
Xotin-qiz tennischilar o'rtasidagi musobaqaning ilk davrasida dunyoning ikkinchi raketkasi Karolin Voznyacki g'alabaga erishdi. Daniyalik tennischi 1 soatu 34 daqiqa davom etgan uchrashuvda WTA reytingida 44-o'rinni egallab turgan amerikalik Daniel Kollinzni 7:6(2), 6:1 hisobida mag'lub etdi.
Endi Karolin ikkinchi bosqich uchrashuvida ispaniyalik Georgina Garsiya-Peresga qarshi kortga chiqadi. Peres ilk davrada sloveniyalik Dalila Yakupovichdan 6:3, 6:4 hisobida ustun keldi.
Havola :
Fikrlar