31 may 08:00
Yangiliklar
Tennis

"Rolan Garros". Istomin ikkinchi bosqichda kimga qarshi o'ynaydi?
Kecha tennischimiz Denis Istomin "Rolan Garros"dagi ilk o'yinida g'alaba qozonib, ikkinchi bosqichga yo'llanmani qo'lga kiritgandi.
Sportchimiz ilk davradagi o'yinda amerikalik Ernesto Eskobedoni mag'lubiyatga uchratgandi.
Endi u ikkinchi davrada janubiy koreyalik Xyong CHangga qarshi bahs o'tkazadi. Takidlab o'tish lozimki, CHang ilk o'yinida AQSH vakili Sem Kuerri mag'lubiyatga uchratdi.
Malumot uchun u dunyo reytingida ayni paytda 67-pog'onani egallab turibdi. Istomin esa 80-o'rindan joy olgan. Tomonlar o'rtasidagi o'yin ertaga bo'lib o'tadi. Sportchilar bungacha 2 marta to'qnash kelganlar. 2015 yilgi o'yinda Istomin g'alaba qozongan bo'lsa, 1 oy oldin Barselonada bo'lib o'tgan turnirda koreyalik tennischining qo'li baland kelgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar