31 may 16:50
Yangiliklar
Tennis
"Rolan Garros". Istominning juftlik bahslaridagi raqiblari ham malum bo'ldi
Tennischimiz Denis Istomin Franciyada bo'lib o'tayotgan "Rolan Garros" turnirining juftlik bahslarida ham ishtirok etmoqda.
Filippinlik Tret Xyuri bilan birga juftlik bahslarida ishtirok etayotgan vakilimiz ilk o'yinda Xase (Gollandiya) / Inglot (Britaniya) kabi tennischilar ustidan 7:6, 3:6, 6:3 hisoblarida ustun kelgandilar.
Istomin/Xyuri juftligi endi ikkinchi o'yinni juftlik bahslarida 9-raqam ostida saralangan juftlik Bopanna/Kuevas tandemiga qarshi bahs olib boradilar.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar