05 iyu 14:44
Yangiliklar
Tennis
“Rolan Garros”. Jo'rabek juftlikda yarim finalga chiqa olmadi
SHu kunlarda Franciya poytaxti Parij shahrida tennis bo'yicha “Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi “Rolan Garros” turnirining o'smirlar o'rtasidagi musobaqasi davom etmoqda.
Istedodli tennischiimiz Jo'rabek Karimov yakkalikdan so'ng juftlik bellashuvida ham o'z ishtirokini to'xtatdi.
Misrlik Yussuf Xossam bilan tandem hosil qilgan hamyurtimiz chorak final bahsida serbiyalik Miomir Kezmanovich hamda norvegiyalik Kasper Ruud juftligiga ikki setda ham bir xil 4:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Eslatib o'tamiz, yakkalik bahslarida sakkizinchi raqam ostida harakat qilgan Jo'rabek turnirning uchinchi bosqichida to'xtatilgan edi. U ilk davrada italiyalik 18 yashar Liam Karuanani 6:4, 6:3, ikkinchi davrada estoniyalik Kennet Raismani 7:6, 7:5 hisobida mag'lub etgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar