30 may 10:57
Yangiliklar
Tennis

"Rolan Garros". Nadal chempionlik himoyasini muvaffaqiyatli boshladi
Ispaniyalik tennischi Rafael Nadal Franciyada bo'lib o'tayotgan "Ulkan toj" musobaqasining birinchi davrasida g'alaba qozona oldi.
Ilk davrada u italiyalik Simone Bolelliga qarshi kortga chiqdi.
2 soat 55 daqiqa davom etgan o'yinda Nadal raqibini 6:4, 6:3, 7:6 hisoblarida mag'lubiyatga uchratdi va ikkinchi davraga yo'l oldi.
Endi u navbatdagi o'yinini argentinalik Gvido Pelyaga qarshi o'tkazadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar