23 may 08:44
Yangiliklar
Tennis
“Rolan Garros”. SHaripovaning ikkinchi davradagi raqibasi malum
Mamlakatimizning birinchi raketkasi Sabina SHaripova Franciyada davom etayotgan “Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi “Rolan Garros” turnirining saralash bahslari ilk davrasida g'alaba qozongandi.
Hamyurtimiz germaniyalik Antoniya Lottnerga qarshi kortga chiqib, reytingda o'zidan yuqorida turgan raqibini 1 soatu 14 daqiqa davom etgan bahs yakunida 6:2, 6:4 hisobida mag'lub etgandi. Endi SHaripova nufuzli turnirning ikkinchi davra uchrashuvida Evgeniya Rodinaga qarshi kortga chiqadi.
Rossiyalik tennischi dunyo reytingida 116, SHaripova esa 169-o'rinni egallab turibdi. Tennischilar shu kungacha ikki bor to'qnash kelishgan va har ikkala uchrashuvda ham Rodina g'alaba qozongan. SHaripova - Rodina uchrashuvi ertaga, 24 may kuni o'tkaziladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar