16 mar 11:01
Yangiliklar
Tennis
"Rolan Garros" turnir bekor qilinmaydi
"Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi "Rolan Garros" turniri tashkilotchilari musobaqani bekor qilish haqida o'ylashmayapti.
"Birinchidan, grunt qoplamali kortlarda o'tkaziluvchi musobaqalarning eng nufuzlisi boshlanishiga hali ancha vaqt bor. Ikkinchidan, Franciya tennis federaciyasi koronavirus masalasida mamlakat hukumati qabul qiladigan qarorlarga bo'ysunadi va amal qiladi", - deyiladi "Rolan Garros" turniri rasmiy "Tvitteri"dagi bayonotda.
Eslatib o'tamiz, avvalroq koronavirus infekciyasi tarqalishi oqibatida Indian-Uells va Mayamidagi nufuzli "Masters" turnirilari, shuningdek, ATR va WTA tomonidan o'tkaziladigan barcha musobaqalar oltin haftaga to'xtatilgan edi. Bu yilgi "Rolan Garros" turniri 18 maydan 7 iyunga qadar o'tkazilishi belgilangan.
Havola :
Fikrlar