01 iyu 06:44
Yangiliklar
"Rolan Garros" turnirining yana bir 1/2 finalchisi malum
Erkaklar o'rtasidagi bahslarda dunyoning uchinchi raketkasi, germaniyalik Aleksandr Zverev reytingda o'zidan uch pog'ona quyida borayotgan ispaniyalik Karlos Alkarazni 6/4, 6/4, 4/6, 7/6(7) hisobida mag'lub etib, Franciya Ochiq chempionatining yarim final ishtirokchisiga aylandi.
Uch soatu 21 daqiqa davom etgan bahsda 25 yoshli Zverev 7 ta eys, 6 ta qo'shxato, 3 ta breyk qayd etdi. 19 yoshli ispaniyalik esa 2 ta eys, 2 ta breykni amalga oshirib, 3 ta qo'shxatoga yo'l qo'ydi. Tennischilarning o'zaro uchrashuvlarida Karlos ortda boryapti - 1:3.
Zverev "Katta Dubulg'a" turnirlaridagi 12-urinishida TOP-10 tennischisini mag'lub etishga muvaffaq bo'ldi. U qatorasiga ikkinchi yil "Rolan Garros" yarim finalida o'ynaydi. Zverevning final ostonasidagi raqibi esa ispaniyalik Rafael Nadal bo'ladi.
Fikrlar