28 may 10:50
Yangiliklar
Tennis
![](/upload/storage/39469_220.jpg)
“Rolan Garros”. Uilyams ilk bosqichda 91-raketkaga yutqazdi
Franciya poytaxti Parij shahrida tennis bo'yicha “Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi “Rolan Garros” turnirining asosiy to'r bahslari davom etmoqda.
Xotin-qiz tennischilar o'rtasidagi musobaqaning ilk davrasida yana bir taniqli raketka ustasi o'z ishtirokini to'xtatishga majbur bo'ldi. Amerikalik Vinus Uilyams xitoylik Czyan Vanga qarshi kechgan uchrashuvda kutilmaganda mag'lubiyat alamini totib ko'rdi.
Dunyoning 9-raketkasi bo'lgan 37 yoshli Vinus WTA reytingida 91-o'rinni egallab turgan 26 yoshli CHin yurti vakilasiga 4:6, 5:7 hisobida imkoniyatni boy berdi. Endi Van ikkinchi davrada xorvatiyalik Petra Martichga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Fikrlar