14 iyu 14:51
Yangiliklar
"Rolan Garros" yakunlanganidan so'ng ATP reytingi qanday ko'rinishda? Istomin ham yuqoriladi
Musobaqadan so'ng, ATP tennischilarning yangilangan haftalik reytingini elon qildi.
Reytingni "Rolan Garros" chempioni Novak Jokovich boshqarib bormoqda. Rossiyalik tennischi Daniil Medvedev va ispaniyalik Rafael Nadal o'z o'rinlarini saqlab qolishdi. Franciya Ochiq chempionati finalchisi Stefanos Cicipas 1 pog'ona yuqorilab, 4-o'ringa ko'tarilib oldi. Dominik Tim esa aynan Stefanos bilan o'rin almashib 5-o'ringa joylashdi. Ispaniyalik Roberto Bautista Agut 1 o'rin yuqorilab TOP-10 ga kirishga muaffaq bo'ldi.
Mamlakatimizning birinchi raketkasi Denis Istomin ajoyib sakrashni amalga oshirib, TOP-200 ga qaytdi. Istomin 17 o'rin yuqorilab, hozirda 187-pog'onani egallab turibdi. Tennischilarimizdan Humoyun Sultonov 1 o'rin pastlagan bo'lsa, Sanjar Fayziev reytingda 11 pog'ona ko'tarildi.
ATP reytingi 14 iyun kungi holati
1. (1) Novak Jokovich (Serbiya)-12113 ochko
2. (2) Daniil Medvedev (Rossiya )-10143
3. (3) Rafael Nadal (Ispaniya)-8630
4. (5) Stefanos Cicipas (Greciya)-7980
5. (4) Dominik Tim (Avstriya)-7435
6. (6) Aleksandr Zverev (Germaniya)-7350
7. (7) Andrey Rublyov (Rossiya)-5910
8. (8) Rodjer Federer (SHveycariya)-5605
9. (9) Matteo Berrettini (Italiya)-4103
10.(11) Roberto Bautista Agut (Ispaniya)-3170
O'zbekistonlik tennischilarning ATP dagi reytingi:
187. (204) Denis Istomin-371
344. (343) Humoyun Sultonov-134
542. (553) Sanjar Fayziev-65
629. (627) Sergey Fomin-45
636. (630) Jo'rabek Karimov-43
Fikrlar