25 may 10:17
Yangiliklar
Tennis

"Rolan Garros"ga qura tashlandi. Istominning ilk raqibi malum
"Ulkan toj" turkumidagi "Rolan Garros" musobaqasining yakkalik bahslariga qura tashlandi.
Qura yakunlariga ko'ra, O'zbekistonning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin musobaqani ispaniyalik Roberto Bautista-Agutga qarshi kortga chiqadi.
Malumot uchun, Istomin ayni paytda dunyo reytingida 98, Bautista-Agut esa 14-o'rinni egallab turibdi.
Tomonlar bungacha o'zaro ikkita o'yin o'tkazishgan va ularning har ikkisida ham ispaniyalik tennischining qo'li baland kelgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar