29 may 08:20
Yangiliklar
Tennis

“Rolan Garros”ning asosiy bahslari start oldi, Istomin ertaga boshlaydi
Franciya poytaxti Parij shahrida “Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi “Rolan Garros” turnirining asosiy to'r bahslari boshlandi.
Yilning to'rtta nufuzli musobaqasining birida hamyurtimiz Denis Istomin ham ishtirok etadi. Mamlakatimizning birinchi raketkasi ertaga ilk bosqichda AQSH vakili Ernesto Eskobedoga qarshi kortga chiqadi.
Taqqoslash uchun, Istomin dunyo reytingida 80, Eskobedo esa 75-o'rinni egallab turibdi. Agar Istomin bu uchrashuvda g'alaba qozonsa, ikkinchi davrada Sem Kuerri - Xyong CHang juftligi g'olibiga qarshi bahs yuritadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar