23 iyu 09:54
Yangiliklar
Futbol

“Roma” A Ceriyada 85 yil avvalgi natijasini takrorladi
“Roma” A Ceriya 35-turi doirasida safarda SPALni 6:1 hisobida engdi.
Rimliklar uchun bu A Ceriyaning safar o'yinlarida qo'lga kiritilgan eng yirik hisobdagi g'alabaning takrorlanishidir. “Bo'rilar” 1935 yilda “Alessandriya” jamoasini safarda 6:1 hisobida yutgandi.
SHuningdek, 5 ta gol hisobi bilan yutish holati 1985 yilda ham ro'y bergan. O'shanda “Roma” “Kremoneze” ustidan 5:0 hisobida g'alaba qozongan. A Ceriya yakuniga 3 ta tur qolganda “Roma” musobaqa jadvalida 5-o'rinda bormoqda.
Havola :
Fikrlar