23 iyu 16:09
Yangiliklar
Futbol

Ronaldu A Seriya tarixida eng ko'p gol urgan portugaliyalik futbolchiga aylandi
Italiya A Seriyasining 27-turi doirasida "Yuventus" klubi "Bolonya" jamoasini 2:0 hisobida mag'lub etdi.
Turinliklar hujumchisi Krishtianu Ronaldu 23-daqiqada penaltini aniq ijro etdi va o'z hisobiga gol yozib qo'ydi.
Bu "Yuventus" forvardi uchun Italiyadagi faoliyati davomida urilgan 43-gol bo'ldi va bu ko'rsatkich bilan u A Seriyada harakat qilgan portugaliyalik futbolchilar orasida eng yaxshi natija qayd etdi.
Eslatib o'tamiz, bungacha eng yaxshi ko'rsatkich Manuel Ruy Koshta (42 ta gol)ga tegishli edi.
Havola :
Fikrlar