21 iyu 12:53
Yangiliklar
Futbol

Ronaldu va Immobile penaltidan gol urish bo'yicha A Ceriya rekordini takrorladi
A Ceriya 34-turidan o'rin olgan “Yuventus”-“Lacio” o'yinida 2:1 hisobida turinliklarning qo'li baland keldi.
Uchrashuvda turinliklar safidagi har ikkalaga (bittasi penaltidan) golga Krishtianu Ronaldu mualliflik qildi. Rimliklarning yagona golini esa CHiro Immobile penaltidan urdi.
Ikkala hujumchi hisobida ham ayni damda A Ceriya joriy mavsumida urilgan 30 tadan gol bor. Qizig'i, ikkala futbolchining penaltidan urgan gollari soni ham bir xil — 12 tadan. Natijada Ronaldu va Immobile penaltidan bir mavsum davomida eng ko'p gol urish bo'yicha 1995/96 yilgi mavsumda Juzeppe Sinori tomonidan o'rnatilgan rekordni takrorlashdi.
Havola :
Manba : Gracenote Live
Fikrlar