So’nggi yangiliklar

16:23Темиров — Кавана: кучли зарба ва техник ақл тўқнашуви. Абу-Дабидаги жанг нимани ҳал қилади? (мутолаа учун) 0 15:49Роналду: “Эҳтимол, бу менинг футболдаги сўнгги йилим бўлиши мумкин” 0 15:22IBF рейтинги янгиланди. Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 14:58Бадиий гимнастикачиларимиз Жаҳон чемпионатидаги иштирокини якунлашди 0 14:30Рамазон Темиров допинг текширувидан ўтди (ФОТО) 0 13:49Ироқ телеканали "Пахтакор" учрашувларини тўғридан-тўғри кўрсатишни бошлади 0 13:21Ислам Махачев кейинги рақиби сифатида кимни лойиқ кўришини айтди 0 12:45Дана Уайт Оқ уйда UFC турнирининг қайта ўтказилиши мумкинлиги ҳақидаги саволларга жавоб берди 0 12:19WBC рейтинги: 11 нафар боксчимизнинг рейтинги қандай? 0 11:53Варди фаолиятини Бразилияда давом эттириши мумкин 0 11:29Жанибек Алимханули WBO камари учун даъвогарга айланди 0 10:47Ломаченко қайтмоқда! У мағлубият нималигини билмайдиган боксчига қарши жанг қилиши мумкин 0 10:11UFC 330 турнири иштирокчилари жанглардан қанча гонорар ишлаб олишгани маълум бўлди 0 09:39"Ланс" ПСЖни мағлуб этиб, Франция Суперкубоги соҳибига айланди 0 09:00Хабиб Махачевнинг кечаги ғалабасига илк бор муносабат билдирди 0

05 okt 00:01
Yangiliklar

Boshqalar

Rossiya davlat jismoniy tarbiya, sport, yoshlar va turizm universiteti Samarqand filialining “qaldirg'och” talabalari mazkur universitet rektori bilan ilk bor uchrashdi

Teglar :  Universitet
Mehmonlar Rossiya davlat jismoniy tarbiya, sport, yoshlar va turizm universitetining Samarqand filialiga qabul qilingan talabalar bilan uchrashdi.

Xabaringiz bor, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 maydagi “Samarqand shahrida Rossiya davlat jismoniy tarbiya, sport, yoshlar va turizm universiteti federal davlat byudjeti oliy talim muassasasining filialini tashkil etish to'g'risida”gi PQ-4311-sonli qarori bilan Rossiya davlat jismoniy tarbiya, sport, yoshlar va turizm universitetining Samarqand filiali tashkil qilinib, 2019-2020 o'quv yilidan boshlab mazkur oliy talim muassasasiga 6 ta sport talim yo'nalishiga 131 nafar talaba bakalavr yo'nalishiga o'qishga qabul qilindi.

Hozirda Samarqand filialiga qabul qilingan talabalar O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida tahsil olishmoqda.

Rossiya davlat jismoniy tarbiya, sport, yoshlar va turizm universiteti rektori, professor Tamara Viktorovna Mixaylova hamda mazkur universitetning ilmiy ishlar bo'yicha prorektori Mariya Sergeevna Leonteva joriy yilning 1-5 oktyabr kunlari O'zbekistonga tashrif buyurdi.

4 oktyabr kuni faxriy mehmonlarni O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiev qabul qildi. O'zaro muloqot chog'ida Rossiya davlat jismoniy tarbiya, sport, yoshlar va turizm universitetining Samarqand filialida shu kungacha amalga oshirilgan ishlar va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi.

Kunning ikkinchi yarmida mehmonlar Rossiya davlat jismoniy tarbiya, sport, yoshlar va turizm universitetining Samarqand filialiga qabul qilingan talabalar bilan uchrashdi. Unda Tamara Mixaylova talabalarni qiziqtirgan barcha savollarga atroflicha javob qaytardi.

Uchrashuv so'ngida Rossiya davlat jismoniy tarbiya, sport, yoshlar va turizm universiteti rektori yoshlarga o'qishlarida omad tilab, ularga mazkur universitet talabaligiga qabul qilinganligini bildiruvchi guvohnomalarni topshirdi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing