06 jan 15:26
Yangiliklar
Tennis
Rossiya terma jamoasi Italiyani mag'lub etib, ATP Cup yarim finaliga yo'l oldi
Avstraliyaning Sidney shahrida davom etayotgan ATP Cup jamoaviy turniri o'zining qizg'in pallasiga kirib ulgurdi.
Rossiya terma jamoasi tennischilari Daniil Medvedev va Roman Safiullin ATP Cup guruh bosqichida italiyalik raqiblari Matteo Berrettini va Yannik Sinnerni mag'lub etishdi.
1 soatu 45 daqiqa davom etgan uchrashuvda Daniil va Roman raqiblari ustidan 5/7, 6/4, 10:5 hisobida ustun kelishdi.
Juftliklar bahsidagi g'alaba rossiyaliklar uchun hal qiluvchi bo'ldi (yakuniy hisob 2:1). Ular «B» guruhida g'alaba qozonib yarim finalga chiqishdi. Endi Rossiya terma jamoasi «C» guruhi g'olibi bilan to'qnash keladi.
Havola :
Manba : Gotennis.ru
Fikrlar