So’nggi yangiliklar

14:46Льюис Хэмилтон Ғазо сектори чегарасига борди (ФОТО) 0 14:15Трамполин бўйича Жаҳон чемпионатида олтин медаль қўлга киритилди! 0 13:44"Дакар-2026": уч боксчимиз иштирок этган Олимпиадада икки олтин қўлга киритилди ва тарихий натижа қайд этилди 0 13:13Ирисметов Россиянинг ўйини ҳақида: "Улар кўпроқ испанларга ўхшаб қолибди" 0 12:42Макгрегор Нурмагомедов ва Двалишвили жанжалига муносабат билдирди + ФОТО 0 12:11Рамазон Темиров вазнидаги чемпионлик жангини ким суғурталаши маълум бўлди 0 11:40Спорт — миллат саломатлиги, илм-фан ва камолот омили! 0 11:09Here we go. Маурисио Почеттино - "Манчестер Юнайтед" бош мураббийи! 0 10:38Нурмагомедов Абу-Дабидаги RAF турнирига киритилмайди 0 10:07Zagreb Grand Prix 2026. Бугун Диёра Келдиёрова медаллар учун курашга киришади 0 09:36UFC 334 тўлиқ карди тасдиқланди: Сирил Ган – Жош Хокит, Кайла Харрисон – Аманда Нуньес 0 09:05Total Chess. Абдусатторов Дудага қарши ўйинлардан кейин кўтарилди 0 08:34Нурмагомедов ва Двалишвили Абу-Дабида назорат остида қолмоқда 0 08:03Фабио Каннаваро: "Ҳисоб 2:0 пайти "моторни ўчириб қўйдик". Футбол баъзида бешафқат эканини тушунишимиз керак" (Тўлиқ матбуот анжумани) 0 07:32Дана Уайт Двалишвили ва Нурмагомедовни қоралади: "Аҳмоқлар!" 0

02 sen 11:47
Yangiliklar

Qishki sport turlari

Rossiyadan mahalliylashtirilgan figurali uchuvchilarimizni ikkita xalqaro turnir kutib turibdi

Figurali uchuvchilar Ekaterina Geynish va Dmitriy CHigirev juftligi O'zbekiston terma jamoasi safidagi ilk musobaqalarida qatnashadi.

May oyida O'zbekiston terma jamoasi safiga o'tgan rossiyalik figurali uchuvchilar Ekaterina Geynish hamda Dmitriy CHigirev ISU CHellenjer seriyasiga kiruvchi ikkita turnirda ishtirok etadi.

Dastlabki turnir "John Nicks Pairs Challenge International". Musobaqa 3-4 sentyabr kunlari AQSHning Nyu-York shahrida o'tkaziladi. Unda Geynish/CHigirev juftligidan tashqari yana 8 ta  davlatning 15 ta juftligi bahs olib boradi.



SHundan so'ng, terma jamoamiz azolari 19-21 sentyabr kunlari Germaniyaning Oberstdorf shahrida o'tkaziladigan "Nebelhorn Trophy" musobaqasidagi juftlik dasturida g'oliblik uchun kurash olib boradi. Har ikki musobaqa ISU CHellenjer seriyasi turkumiga kiradi.


CHellenjer seriyasi 2014-15 yilgi mavsumdan buyon o'tkazib kelinadi. Seriya ko'plab konkida yuqori darajadagi xalqaro musobaqalarda qatnashish va Jahon reytingi ochkolarini qo'lga kiritish imkoniyatini beradi.

Malumot uchun, may oyida O'zbekiston figurali uchish federaciyasi rossiyalik figurali uchuvchilar Ekaterina Geynish va Dmitriy CHigirevni mahalliylashtirgan edi. Ular juftlik dasturida chiqish qiladi.

Ekaterina Geynish 2006 yil 18 mart kuni, Dmitriy CHigirev esa 2001 yil 1 aprelda Moskvada tug'ilgan. Ular juftlikda Rossiyadagi bir qancha mahalliy musobaqalar g'olib va sovrindorlariga aylangan.

SHuningdek, Dmitriy CHigirev Olimpiya o'yinlari sovrindori Evgeniya Medvedevaning qaylig'i ekanini takidlash lozim. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing