20 fev 12:20
Yangiliklar
Tennis

Rotterdam (ATP): Tsonga – turnir g'olibi!
Gollandiyaning Rotterdam shahrida tennis bo'yicha nufuzli ATP turniri yakunlandi.
ABN AMRO World Tennis Tournament musobaqasining mukofot jamg'armasi 1,7 million evroni tashkil etardi. Hal qiluvchi final uchrashuvida franciyalik Jo-Vilfrid Tsonga belgiyalik David Goffenni 4:6, 6:4, 6:1 hisobida mag'lub etdi.
Ushbu muvaffaqiyatli ishtirok dunyoning 14-raketkasiga 371,620 evro mukofot puli hamda 500 reyting ochkosini taqdim etdi. Bu Tsonganing faoliyatidagi 13-titul bo'ldi.
FINAL
Jo-Vilfrid Tsonga (Franciya, 14) – David Goffen (Belgiya, 11) - 4:6, 6:4, 6:1
Havola :
Fikrlar