18 fev 21:57
Yangiliklar
Tennis

Rotterdam (ATR). Federer 55 daqiqa davom etgan finalda zafar quchdi
Gollandiyaning Rotterdam shahri mezbonlik qilgan nufuzli tennis turniri yakunlandi.
Sovrin jamg'armasi 1 996 245 evroni tashkil qiluvchi ushbu musobaqaning birinchi raketkasi bo'lgan Rojer Federer turnir g'olibiga aylandi. SHveycariyalik raketka ustasi hal qiluvchi finalda bolgariyalik Grigor Dimitrovni mag'lub etdi.
Ertaga dunyoning birinchi raketkasiga aylanadigan Federer bor yo'g'i 55 daqiqa davom etgan finalda Dimitrovga 4ta geymni yutib olish imkonini berdi, xolos. Ikki setda ham bir xil 6:2 hisobida zafar quchgan Rojer bosh mukofot sohibiga aylandi.
Havola :
Fikrlar