16 fev 10:12
Yangiliklar

Rotterdam (ATR). Federer chorak finalga chiqdi va boshqa natijalar
Sovrin jamg'armasi 1 996 245 evroni tashkil qiluvchi ushbu musobaqaning birinchi raketkasi Rojer Federer ikkinchi davra uchrashuvida ham g'alabaga erishdi. SHveycariyalik raketka ustasi germaniyalik Filipp Kolshrayberni 7:6, 7:5 hisobida mag'lub etdi.
Endi dunyoning ikkinchi raketkasi chorak final uchrashuvida gollandiyalik Robin Xaasega qarshi kortga chiqadi. Robin ikkinchi davrada hamyurti Tellon Grikspordan 6:4, 6:0 hisobida ustun keldi. Agar Rojer Xaaseni mag'lub eta olsa, dunyoning birinchi raketkasiga aylanadi.
ABN AMRO World Tennis Tournament
Yopiq kortlar, xard. Ikkinchi davra
Andreas Seppi (Italiya) – Aleksandr Zverev (Germaniya) 6:4, 6:3
Daniil Medvedev (Rossiya) – Per-Ug Erber (Franciya) 3:6, 7:6, 6:4
Tomash Berdix (CHexiya) – Viktor Troicki (Serbiya) 6:1, 6:2
David Goffen (Belgiya) – Felisiano Lopes (Ispaniya) 6:1, 6:3
Andrey Rublev (Rossiya) – Damir Jumxur (Bosniya va Gercegovina) 6:4, 7:6
Rojer Federer (SHveycariya) – Filipp Kolshrayber (Germaniya) 7:6, 7:5
Robin Xaase (Gollandiya) – Tellon Grikspor (Gollandiya) 6:4, 6:0
Grigor Dimitrov (Bolgariya) – Filip Krainovich (Serbiya) 7:6, 7:5
Fikrlar