18 fev 10:57
Yangiliklar
Tennis

Rotterdam (ATR). Federer finalda o'ynaydi
Gollandiyaning Rotterdam shahrida o'tkazilayotgan nufuzli tennis turniri o'zining yakuniy pallasiga kirdi.
Sovrin jamg'armasi 1 996 245 evroni tashkil qiluvchi ushbu musobaqaning birinchi raketkasi Rojer Federer final chiptasini qo'lga kiritdi. SHveycariyalik raketka ustasi yarim finalda italiyalik Andreas Seppini 6:3, 7:6(3) hisobida taslim etdi.
Bir soatu 24 daqiqa davom etgan bahsda Federer 9ta eys zarbasini amalga oshirdi. Rojerning final uchrashuvidagi raqibi bolgariyalik Grigor Dimitrov bo'ladi. Ertaga elon qilinadigan reytingda Federer dunyoning birinchi raketkasiga aylanadi.
Havola :
Fikrlar