05 mar 17:37
Yangiliklar
Tennis

Rotterdam. Stefanos Cicipas chorak finalda
Rotterdamda davom etayotgan turnir o'zining qizg'in pallasiga kirib bormoqda.
Greciyalik tennischi Stefanos Cicipas turnirning 1/8 finalida polshalik Hubert Gurkachni 6/4, 4/6, 7/5 hisobida mag'lub etib, chorak finalga chiqdi.
2 soatu 7 daqiqa davom etgan uchrashuvda ATP reytingining oltinchi raqamli tennischisi 22 yoshli Stefanos ikkita breyk va uchta eysni qayd etdi. Jahon tasnifida 30-o'rinni egallab turgan 24 yoshli Hubert esa sakkizta eysni amalga oshirib, olti bor qo'shxatoga yo'l qo'ydi. SHaxsiy uchrashuvlarda Cicipas hamon oldinda- 5: 2.
Musobaqaning chorak finalida Cicipas rossiyalik Karen Xachanovga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : GoTennis
Fikrlar