So’nggi yangiliklar

23:59Жавоҳир Умматалиев профессионал рингда учинчи ғалабасини қўлга киритди 0 19:50"Мен нафас ололмай қолгандим". Топурия Гэтжи билан жангда олган жароҳатларини очиқлади 0 19:19Йен Мачадо Гэрри октагонга қайтмоқда 0 18:48Хамзат Чимаев: "Мен ҳақиқий чемпионман!" 0 18:17Фабио Каннаваро: "Агар А Серия клубидан таклиф тушса, буни..." 0 17:46Фёдор Емельяненко Хабиб Нурмагомедов билан кўргазмали жангга розилик берди 0 17:15Нодирбек Якуббоев Freestyle Friday ғолиби! 0 16:44"Бизнинг ҳикоямиз ҳали тугамади". Топурия Гэтжи билан реванш ўтказиш нияти борлигини билдирди 0 16:13Романо Аргентинага қайтиши мумкинлиги ҳақидаги миш-мишлар фонида Мессининг келажаги ҳақида гапириб ўтди 0 15:42Илия Топурия Ислам Махачев эҳтимолий жанг ҳақидаги саволга жавоб қайтарди 0 15:11Хабиб Роналдунинг терма жамоадан кетиши ҳақида: "Унга қилинган муносабатни бир сўз билан ифодалаб бўлмайди" 0 14:40Муросасиз кечаётган самбо бўйича жаҳон чемпионати беллашувларидан ФОТОРЕПОРТАЖ 0 14:09Фабио Каннаваро: “Мақсадим ва орзуим — Италия терма жамоасини бошқариш” 0 13:38"Уни шунчалик ҳурмат қиламанки, юзига яна зарба бера олмайман" - Топурия собиқ рақиби ҳақида 0 13:07"Жастин ҳеч ким эмас. У ҳеч нарсани ҳал қилмайди". Топурия Гэтжи билан реванш ҳақида фикр билдирди 0

11 iyu 09:56
Yangiliklar

Formula-1, Motosport

Ro'yi zamin sayqali Markaziy Osiyoda ilk bor Xalqaro avtomobil federaciyasining Konferenciyasiga mezbonlik qiladi

Teglar :  SamarqandFIA
Uch kun davomida ko'hna Samarqand shahri Xalqaro avtomobil federaciyasi (FIA) ning navbatdan tashqari Bosh Assambleyasiga mezbonlik qiladi.

Malumot uchun, FIA – Xalqaro avtomobil federaciyasi 1904 yil tashkil topgan bo'lib, kartingdan tortib, Formula-1 bolidlarigacha bo'lgan avtopoygalarni o'tkazishga masul tashkilot hisoblanadi.

Markaziy Osiyo mintaqasida ilk bor o'tkazilayotgan Konferenciya doirasida FIA tashkil etilganining 120 yilligi ham keng nishonlanadi. Qolaversa, ushbu nufuzli tadbirda ishtirok etish uchun 147 mamlakatdan 500 nafardan ortiq martabali mehmonlar, milliy federaciyalar rahbariyati va dunyoning taniqli poygachilari mamlakatimizga tashrif buyuradi. 

Xususan, tadbirning eng nufuzli mehmoni hisoblangan FIA prezidenti Muhammad Ahmad ben Sulaem ham Samarqandga etib keldi. Martabali mehmonni viloyat hokimi Erkin Turdimov, Osiyo Olimpiya kengashi vice-prezidenti Otabek Umarov, MOQ hamda O'zbekiston avtosport va karting milliy federaciyasi rahbariyati qarshi olishdi.

Bo'lajak tadbir doirasida FIA rahbari tashabbusi bilan tashkilot jamg'armasi, shuningdek, dunyodagi taniqli kollekcionerlar ko'magida eng ajoyib superkarlar to'plamini o'z ichiga olgan noyob avtoko'rgazma tashkil etiladi. Dasturga muvofiq, 13 iyun kuniga qadar sohada erishilgan yutuqlar bilan tajriba almashish maqsadida turli seminarlar, ko'rgazma va davra suhbatlari, musobaqalar o'tkaziladi. 

Konferenciyaning so'nggi kunida FIA`ning navbatdan tashqari Bosh Assambleyasi o'tkazilishi rejalashtirilgan. Tadbirning asosiy tashkilotchisi O'zbekiston avtosport va karting milliy federaciyasi hisoblanadi.

Bir so'z bilan aytganda, Konferenciya mamlakatimizda avtosportni yanada rivojlantirish, uning istiqbolini yangi bosqichga olib chiqish uchun muhim platforma bo'lishi kutilmoqda.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing