19 avg 16:28
Yangiliklar
Tennis
Rublyov 2020 yilning oktyabridan beri birinchi marta Top-10'ni tark etadi
Sayyoramizning 8-raketkasi rossiyalik Andrey Rublyov Cincinnatidagi "Masters" musobaqasining uchinchi davrasida ATR reytingida 13-o'rinni egallab turgan Teylor Fricga yutqazdi (7:6, 2:6, 5:7).
Bu bilan u o'tgan yilgi final uchun ochkolarni himoya qilolmadi.
Keyingi hafta rossiyalik 510 ochkoni yo'qotadi va u 2020 yil oktyabr oyidan beri birinchi marta kuchli 10 talikni tark etadi.
Hozircha Rublyov Live reytingda 11-o'rinni egallab turibdi, ammo sportchi keyingi hafta elon qilinadigan yangilangan haftalik reytingda 13-o'ringa tushib ketishi mumkin.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar