05 sen 06:52
Yangiliklar
Tennis
Rublyov AQSH Ochiq chempionatidagi ishtirokini yakunladi
Jahonning ettinchi raketkasi Andrey Rublyov AQSH Ochiq chempionatining uchinchi davrasida ATP reytingida 50-o'rinni egallab turgan amerikalik Frensis Tiafoga mag'lub bo'ldi.
Rossiyalik tennischi 3 soatu 48 daqiqa davom etgan bahsda raqibiga 6/4, 3/6, 6/ 7 (6), 6/4, 1/6 hisoblarida imkoniyatni boy berdi va turnir bilan xayrlashdi. Tennischilarning o'zaro uchrashuvlari hisobi 2:0, amerikalik sportchi foydasiga o'zgardi.
US Open turnirining to'rtinchi davrasida Tiafo kanadalik Feliks Ojega qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar