13 avg 14:08
Yangiliklar
Rublyov Monreal "Masters" finalida Popiringa yutqazib qo'ydi
Musobaqa bosh sovrini uchun kechgan final uchrashuvida dunyoning oltinchi raketkasi bo'lib turgan rossiyalik Andrey Rublyov ATP reytingida 30-pog'onadan joy olgan avstraliyalik Aleksey Popiringa imkoniyatni boy berib qo'ydi - 2/6, 4/6. Aleksey tennischilarning o'zaro uchrashuvlari hisobida oldinga chiqib oldi - 2:1.
To'qson daqiqa davom etgan bahsda Rublyov 4, Popirin 10 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Qo'shxatolar 5 ga 3 ko'rinishida Andrey, breyklar esa 4 ga 1 nisbatida Aleksey foydasiga hal bo'ldi.
Omnium Banque Nationale turniridagi muvaffaqiyatli ishtirok Popiringa 1000 reyting ochkosi hamda 1 million 49 ming 460 AQSH dollari miqdoridagi mukofot pulini keltirdi. Rublyov esa 573,090 dollar va 650 ochko ishlab oldi.
Fikrlar