03 okt 07:22
Yangiliklar
Tennis
Rublyov San-Diegodagi turnirning yarim finalida
Rossiyalik tennischi Andrey Rublyov San-Diegodagi musobaqaning 1/4 finalida argentinalik Diego SHvarcmanni mag'lub etdi.
Bir soatu 53 daqiqa davom etgan uchrashuvda jahonning beshinchi raketkasi, 23 yoshli Andrey ATP reytingida 15-o'rinni egallab turgan 29 yashar Diegoni 6/1, 7/5 hisoblarida mag'lubiyatga uchratdi. Tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob Rublyov foydasiga - 2:1 ko'rinishiga keldi.
Endi Rublyov San-Diego Open turnirining 1/2 finalida britaniyalik Kemeron Norriga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar