19 jan 09:45
Yangiliklar
Futbol

Ruis – KONKAKAFning yil futbolchisi, Keylor Navas uchinchi!
Kosta-Rika terma jamoasi hamda Portugaliyaning “Sporting” klubi hujumchisi Brayan Ruis KONKAKAF mintaqasining 2016 yildagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
31 yoshli futbolchi faoliyatida ilk bor shunday nomga loyiq ko'rildi. Ikkinchi o'rinni Meksika terma jamoasi hamda “Pachuka” klubi yarim himoyachisi Irving Losano egalladi.
Kuchli uchlikka esa Kosta-Rika terma jamoasi hamda Madridning “Real” klubi darvozaboni Keylor Navas yakun yasab berdi. Uchchala futbolchi ham 2016 yilning ramziy terma jamoasidan joy olishdi. Navas SHimoliy Amerikaning eng yaxshi darvozaboni ham bo'ldi.
Havola :
Fikrlar