So’nggi yangiliklar

10:17Саккизта медалга эга Ўзбекистон делегацияси IV Ёшлар ёзги Олимпия ўйинларида нечанчи ўринни эгаллади? 0 09:46Россия бокс терма жамоасига виза беришмади 0 09:15Миллатлар лигаси. Нидерландиядан 7 та гол, Германиядан ишончли ғалаба 0 08:44Zagreb Grand Prix 2026. Диёра Келдиёрова яна шоҳсупада! 0 08:13"UFC Усман Нурмагомедовга умрбод тақиқ қўйилишидан умидворман" - Нина Драма 0 07:42WBC россиялик боксчиларни рейтинглар ва чемпионлик жангларидан четлатиш қарорини тасдиқлади 0 07:01Лионель Месси Аргентинада махсус учрашувда иштирок этади 0 20:58Ўзбекистон чемпионати: аёллар курашида ғолиблар аниқланди 0 20:27Муҳиддин Мадаминов Tata Steel Chess 2027 турнирида иштирок этади, Бибсара ҳам! 0 19:56UFC’нинг мағлубиятсиз жангчиси гиёҳванд моддаларни меъёридан ортиқ истеъмол қилгани ортидан шифохонага ётқизилди 0 19:25Кэррик МЮдан хафа ва раҳбариятдан ранжиган — The Telegraph 0 18:54Уайт Усманнинг Двалишвилига қилган ҳужумидан сўнг UFC’га ўтиш имкониятлари ҳақидаги саволга жавоб берди 0 18:2346 ёшли Оверим UFC собиқ жангчисига қарши бокс қоидалари бўйича рингга чиқади + ПОСТЕР 0 17:52Нурмагомедовнинг менежери ММА жамоатчилигидан узр сўради 0 17:36Усман Нурмагомедов 6 ойга қамалди 0

31 avg 12:16
Yangiliklar

Sport kurashlari

Rustam Assakalov: "Sportchi sifatida siz bilan xayrlashaman, murabbiy bo'lib yangi bobni boshlayman"

Teglar :  Rustam Assakalov
Yunon-rum kurashi bo'yicha O'zbekiston terma jamoasida uzoq yillar davomida samarali faoliyat olib borgan Rustam Assakalovning professional sportchilik faoliyatini yakunlaganidan xabaringiz bor, albatta.

Tajribali kurashchimiz Instagram sahifasi orqali muxlislariga murojaat qildi:

"Hammaga assalomu alaykum! O'zbekiston Respublikasi rahbariyatiga, Milliy Olimpiya qo'mitasiga, unutilmas onlar uchun kurash Assosiaciyasiga chuqur minnatdorchiligimni izhor etmoqchiman. Ular ko'tarilish va pasayish chog'larimda birga bo'lishdi. Men barcha o'zbek va cherkes xalqini qadrlayman hamda hurmat qilaman. Menga etishmayotgan medalni qo'lga kiritish istagini hammangiz ko'rdingiz, lekin Qodir Tangrining boshqa rejalari bor ekan. Men Allohning bandasiman! Boshimdan kechirganlarim va bor narsalarim uchun Alhamdulillah!

Vaqtim nihoyasiga etganini anglash qiyin, lekin har bir kishida boshlanishi va oxiri bo'ladi. Bu mening to'xtash joyim. Yana bir bor gilam markazini men bilan baham ko'rgan barcha raqiblarimga o'z minnatdorligimni bildiraman. Buguningiz bilan yashang, chunki kechagi kun o'tdi, erta esa kelmasligi mumkin. Sportchi Rustam siz bilan xayrlashadi, murabbiy sifatida esa yangi bobni boshlayman. Aytishganidek, butun hayot kurashdan iborat va mening kurashga muhabbatim cheksiz", deb yozdi Assakalov.

Malumot uchun, Rustam Assakalov O'zbekiston terma jamosi safida jahon chempionatining ikki karra sovrindori (Las-Vegas-2015 kumush, Nur-Sulton-2019 bronza) bo'lgan. Osiyo o'yinlarida uch marotaba g'olib va sovrindorga aylangan. SHuningdek, uch karra Osiyo chempioni va to'rt karra sovrindoriga aylanishga ulgurgan. Boku-2017 va Konya-2021 Islom birdamlik o'yinlarida bronza va oltin medallarini qo'lga kiritgan edi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing