24 sen 10:26
Yangiliklar
SHaxmat
Rustam Qosimjonov Ozarbayjondagi musobaqada ishtirok etmoqda
Ozarbayjonning SHusha shahrida shaxmat bo'yicha erkaklar va ayollar o'rtasida xalqaro turnir o'tkazilmoqda.
Ilk bor tashkil etilgan “Shusha Chess-2022” turnirida o'zbek shaxmatida o'ziga yarasha iz qoldira olgan jahon chempioni Rustam Qosimjonov ham dona surmoqda.
Musobaqaning sovrin jamg'armasi 88 ming 200 AQSH dollarini tashkil etadi.
Bahslarda 10 nafar shahmatchi qatnashmoqda. Qosimjonov rapid yo'nalishida 9 imkoniyatdan 4,5 ochko jamg'ardi va musobaqani 7-o'rinda yakunladi.
Tezkor shaxmatda esa hamyurtimiz 1-turda oq donalarda mezbon Rauf Mamedovga qarshi bahs olib bordi va durang qayd etdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar