13 okt 14:01
Yangiliklar
Futbol
Ryudigerning holati haqida malumot berildi
"Real"ning germaniyalik himoyachisi Antonio Ryudiger boshidan jarohat olgani uchun tibbiy tekshiruvdan o'tdi.
Manbaga ko'ra, futbolchiga og'ir kesilish tashxisi qo'yilgan, biroq uning yuz suyaklari shikastlanmagan. SHu tariqa, u Ispaniya chempionatining 9-turidan o'rin olgan "Barselona" bilan o'yinda (16 oktyabr) maydonga tushishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, Ryudiger CHempionlar Ligasi guruh bosqichi 4-turidan o'rin olgan Doneckning "SHaxtyor" klubiga qarshi uchrashuvda (1:1) Ukraina jamoasi darvozaboni Anatoliy Trubin bilan to'qnashib ketgan edi.
29 yoshli Ryudiger joriy mavsum Madrid klubi safida 12 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi. Uning "Real" bilan shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Avvalroq Ryudigerning boshiga 20 ta chok tushgani malum bo'lgan edi.
Havola :
Manba : Marca
Fikrlar