07 sen 10:58
Yangiliklar
Tennis

Sabina Dalyandagi turnir juftligida chorak finalga chiqdi
Mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Sabina SHaripova Xitoyning Dalyan shahrida o'tkazilayotgan turnirda ishtirok etyapti.
“CHellenjer” turkumiga kiruvchi musobaqaning sovrin jamg'armasi 115 000 AQSH dollarini tashkil qiladi. Hamyurtimiz turnirning juftliklar bahsida chorak final chiptasini qo'lga kiritdi.
Amerikalik Jaklin
Kako bilan juftlik hosil qilgan Sabina 1 soatu 13 daqiqa davom etgan nimchorak final
bahsida turnirning birinchi raqamli juftligi - Monik Adamchak hamda Storm Sandersni
6:4, 6:4 hisobida taslim etdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar