15 dek 09:15
Yangiliklar
Tennis
![](/upload/storage/6709_220.jpg)
Sabina Dubaydagi turnirning juftligida chorak finalga chiqdi
Xabar berganimizdek, BAAning Dubay shahrida tennis bo'yicha nufuzli turnir davom etmoqda.
Sovrin jamg'armasi 100 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi ushbu musobaqada mamlakatimizning birinchi raketkasi Sabina SHaripova muvaffaqiyatli odimlamoqda.
Yakkalik bahslarining ikkinchi davrasida yana bir hamyurtimiz Nigina Abduraimovani mag'lub etgan Sabina juftliklar musobaqasida chorak finalga chiqdi.
Ukrainalik Anastasiya Vasileva bilan tandem hosil qilgan SHaripova ilk davrada ruminiyalik Kristina Dinu hamda Taleya Mayerich juftligidan 6:2, 6:1 hisobida ustun keldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar