16 dek 07:55
Yangiliklar
Tennis

Sabina Dubaydagi turnirning juftligida ham mag'lubiyatga uchradi
Xabar berganimizdek, BAAning Dubay shahrida tennis bo'yicha nufuzli turnir davom etmoqda.
Sovrin jamg'armasi 100 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi ushbu musobaqada mamlakatimizning birinchi raketkasi Sabina SHaripova yakkalikning chorak finalida mag'lubiyatga uchragan edi.
Endi esa u juftliklar bahsidagi ishtirokini ham to'xtatdi. Ukrainalik Anastasiya Vasileva bilan tandem hosil qilgan SHaripova chorak final uchrashuvida turnirning ikkinchi raqamli juftligi, rossiyalik tennischilar Natela Jalamidze va Veronika Kudermetovaga 0:6, 3:6 hisobida yutqazdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar