27 mar 22:54
Yangiliklar
Tennis

Sabina Franciyadagi turnirni g'alaba bilan boshladi
Franciyada mukofot jamg'armasi 60 ming AQSH dollaridan iborat bo'lgan ITF turnirida hamyurtimiz Sabina SHaripova dastlabki uchrashuvini o'tkazdi.
Tennischimiz turnirning ilk davrasida serbiyalik Ivana Yorovichga qarshi kortga chiqdi. Murosasiz kechgan uchrashuvda SHaripova qiyinchilik bilan, 2:6, 7:5, 7:6 hisoblarida g'alaba qozondi va keyingi bosqich yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
Sabina navbatdagi bosqichda latviyalik yoki chexiyalik tennischilardan biriga qarshi bahs yuritadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar