13 sen 12:12
Yangiliklar
Tennis

Sabina Guyayn turnirining juftligida yarim finalga chiqdi
Xitoyning Guyayn shahrida tennis bo'yicha sovrin jamg'armasi 25 000 AQSH dollaridan iborat turnirning asosiy to'r bahslari davom etmoqda.
“Fyuchers” turkumiga kiruvchi ushbu musobaqada hamyurtimiz Sabina SHaripova ham muvaffaqiyatli odimlayapti. Mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi turnirning juftliklar bahsida yarim finalga chiqdi.
Belaruslik Lidya Morozova bilan birga birinchi raqamli juftlikni hosil qilgan vakilamiz 1 soatu 4 daqiqa davom etgan chorak final uchrashuvida xitoylik tennischilar - SHeng Yuki hamda Jeng Vushuangni 6:4, 6:1 hisobida mag'lub etishdi.
Eslatib o'tamiz, ular birinchi bosqichda yaponiyalik tennischilar - SHixo Akita va Nagi Xanatani hamkorligini 6:1, 6:0 hisobida engishgandi. Sabina va Lidya final ostonasida turnirning uchinchi raqamli juftligi, xitoylik tennischilar - Xanyu Guo va YU Yega qarshi kortga chiqishadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar