28 mar 15:10
Yangiliklar
Tennis

Sabina juftlik bahslaridagi ishtirokini yakunladi
Tennischimiz Sabina SHaripova Franciyada mukofot jamg'armasi 60 ming dollarni tashkil qiluvchi turnirda ishtirok etayotgani haqida xabar bergandik.
Kecha yakkalik bahslarida g'alaba qozongan tennischimiz, bugun juftlik o'yinlarida o'z imkoniyatini sinab ko'rdi.
Rossiyalik Ekatirina Yashina bilan juftlik hosil qilgan tennischimiz Manon Archangioli (Franciya) va Magdelena Frech (Polsha)larga qarshi uchrashuv o'tkazdi. 1 soat 06 daqiqa davom etgan bahsda Sabina va uning sherigi 2:6, 6:2, 8:10 hisoblarida imkoniyatni boy berib qo'ydilar.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar