07 iyu 07:55
Yangiliklar
Tennis

Sabina juftliklar bahsida yarim finalga chiqdi
Germaniyaning Darmshdat shahrida o'tkazilayotgan tennis bo'yicha “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnir o'zining hal qiluvchi pallasiga kirdi.
Sovrin jamg'armasi 25 000 dollarni tashkil qiluvchi musobaqada Sabina SHaripova ham ishtirok etyapti. Mamlakatimizning birinchi raketkasi yakkalik bahslarini birinchi davradayoq yakunlagan edi.
SHunga qaramay, SHaripova turnirning juftliklar musobaqasida muvaffaqiyatli odimlayapti. Rossiyalik Yana Sizikova bilan birinchi raqamli juftlikni hosil qilgan SHaripova yarim finalga yo'llanma oldi.
Sabina va Yana chorak final bahsida germaniyalik tennischilar Juliya Kimmelmann hamda Nataliya Proeseni 6:2, 6:3 hisobida mag'lub etishdi. Bugun ular final chiptasi uchun misrlik Samir Sandra va lixtenshteynlik Katinka Van Dichman juftligiga qarshi kortga chiqishadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar