24 noy 19:55
Yangiliklar
Tennis

Sabina Mumbayda dunyoning sobiq 12-raketkasini mag'lub etdi
Tennischimiz Sabina SHaripova Hindistonning Mumbay shahrida bo'lib o'tayotgan turnirda ishtirok etayotgani haqida xabar qilgandik.
Sportchimiz turnirning chorak finalida dunyoning sobiq 12-raqamli tennischisi, bugungi kunda esa reytingda 115-pog'onani egallab turgan belgiyalik Yanina Vikmayerga qarshi kortga chiqdi.
Sabina 1 daqiqasi kam 2 soat davom etgan bahsda kutilmaganda breykni amalga oshirib, raqibasini 3:6, 6:4, 6:2 hisobida mag'lubiyatga uchratdi va yarim final ishtirokchisiga aylandi.
Endi Sabina final yo'llanmasi uchun slovakiyalik Dalila Yakupovichga qarshi kortga chiqadi. Yakupovich ayni paytda dunyo reytingida 252-o'rinni egallab turibdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar