11 apr 07:55
Yangiliklar
Tennis

Sabina o'tgan hafta yutqazgan raqibasi bilan uchrashadi
Bugun Turkiyaning Istanbul shahrida mukofot jamg'armasi 60 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi turnirning asosiy to'r bahslari boshlanadi.
Lale Cup nomini olgan musobaqada mamlakatimizning birinchi raketkasi Sabina SHaripova ham ishtirok etadi. Hamyurtimiz ushbu turnirning ikkinchi raketkasi sifatida qayd etilgan.
Qura natijasiga ko'ra, Sabina SHaripova birinchi davrada asosiy to'rga imtiyozli yo'llanma asosida qo'yilgan mezbon tennischi Pemra Ozgenga qarshi kortga chiqadi.
Etiborga molik jihati shundaki, Sabina o'tgan hafta Istanbulda o'tkazilgan turnirning birinchi bosqichida aynan Ozgenga 1:6, 3:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ygan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar