26 dek 14:20
Yangiliklar
Tennis
![](/upload/storage/25475_220.jpg)
Sabina SHaripova "Australian Open – 2018"da ishtirok etadi
Tennischi bu haqida intervyularidan birida aytib o'tdi.
"Bu yilgi mavsum men uchun ulkan g'alabalarga boy bo'ldi va o'z oldimga
qo'ygan maqsadlarga etishdim. Afsuski, poytaxtimizda o'tgan “Tashkent Open
– 2017” turnirida biroz omad etishmadi. So'nggi ikki hafta davomida dam oldim. Hozirda chigalyozdi va jismoniy mashqlar bilan shug'ullanmoqdaman.
Yanvar oyida “Katta dubulg'a” turkumiga kiruvchi “Australian Open –
2018” turnirida o'ynayman. SHuningdek, yil davomida o'tkaziladigan “Katta
dubulg'a” turkumiga kiruvchi barcha musobaqalarda ishtirok etaman. WTA va
ITF Woman’s tomonidan o'tkaziladigan turnirlarda imkon qadar g'alaba
qozonishga harakat qilaman", - dedi Sabina UzA saytiga bergan intervyusida.
Havola :
Manba : UzA
Fikrlar